Erdo’g’an:"Turkiya sanksiyalarga bo'yin egadigan davlat emas"

Erdo’g’an Rossiyadan xarid qilingan S-400 zenit raketa tizimlari va F-35 qiruvchi samolyotlari sababli AQSh tomonidan bildirilgan sanksiya tahdidiga munosabatini bildirdi.

1327019
Erdo’g’an:"Turkiya sanksiyalarga bo'yin egadigan davlat emas"

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh Turkiyaga sanksiya joriy etgan taqdirda, Turkiya ham bunga qarshi chora ko’rishini ma’lum qildi.

Erdo’g’an Rossiyadan xarid qilingan S-400 zenit raketa tizimlari va F-35 qiruvchi samolyotlari sababli AQSh tomonidan bildirilgan sanksiya tahdidiga munosabatini bildirdi.

“Biz bu ishni hal qildik. Buni necha marta aytamiz? Endi uyalmasdan “Turk oqimi” loyihasi bilan bog’liq sanksiya joriy etishini aytmoqda. Bu huquqimizga tajovuzdir. Bularga qarshi albatta, biz ham kerakli choralarni ko’ramiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Turkiya sanksiyalar oldida jim qarab turadigan davlat emas.

“Har doim aytganimdek, biz qabila davlati emasmiz. Biz kuchli Turkiyamiz. Bizning boshqa davlatlardan farqimiz bor. Shu sababli mavzuga doir biz ham o’z sanksiyalarimizni albatta ishga solamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar