Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Malayziyaga tashrifini yakunladi

Prezident Erdo'g'an bugun mahalliy vaqt bilan soat 02:00da Malayziya poytaxti Kuala Lampurdan Istanbulga qaytdi.

1326685
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Malayziyaga tashrifini yakunladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Malayziyaga tashrifini yakunladi.

Prezident Erdo'g'an bugun mahalliy vaqt bilan soat 02:00da Malayziya poytaxti Kuala Lampurdan Istanbulga qaytdi.

Erdo'g'anga turmush o'rtog'i Emina Erdo'g'an, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li, hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank, Ak partiya rahbar vakili Numan Kurtulmush, Ak partiya bosh rahbar o'rinbosari Jevdet Yilmaz, Turkiya prezidenti huzuridagi Telekommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qildi.

Turkiya prezidenti Erdo'g'anni Xalqaro aeroportda Istanbul hokimi Ali Yerlikaya, Istanbul xavfsizlik boshqarmasi rahbari Mustafo Chalishkan va boshqa vakillar kutib oldi.

 

 



Aloqador xabarlar