Turkiya prezidenti Erdo’g’an Malayziyada bo’lib o’tayotgan sammitda ma’ruza qildi

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, nafaqat BMT xavfsizlik kengashi, balki Islom Hamkorlik Tashkiloti ham qayta isloh qilinishi zarur.

1326079
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Malayziyada bo’lib o’tayotgan sammitda ma’ruza qildi
erdogan.jpg
erdogan.jpg
erdogan.jpg
erdogan.jpg

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Malayziya mezbonligida bo’lib o’tayotgan sammitda ma’ruza qildi.

Sammitda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Qatar amiri shayh Tamim Bin Hamad Al Sani va boshqa 50dan ortiq mamlakatdan 650 dan ziyod oliy martabali mehmon ishtirok etdi.

Erdo’g’an o’z ma’ruzasida, BMT xavfsizlik kengashi tuzilmasini o’zgartirish kerakligini ta’kidladi.

“2-Jahon urushi g’oliblari tomonidan o’z manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan, qolaversa 1.7 mlrd insonning taqdirini 5 davlatning qo’liga tashlab qo’ygan tizim o’z kuchini yo’qotdi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, nafaqat BMT xavfsizlik kengashi, balki Islom Hamkorlik Tashkiloti ham qayta isloh qilinishi zarur.

“Islom dunyosini birlashtirgan platforumning eng katta kamchiligi ijro etishdagi yetarsizligidir. Falastin masalasiga yechim topa olmayotgan bo’lsak, mazhabchilik bahona mintaqamizning talon-taroj qilinishiga chek qo’ya olmayotgan bo’lsak, buning sababi bizning yetarsizligimizdandir. Xolbuki, islom dunyosi ojiz va kuchsiz emas”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Erdo’g’an.

Islom davlatlarini tanqid qilgan Erdo’g’an: “Mana shunday katta imkoniyatlarga va neftga boy bo’la turib, haligacha musulmonlarning katta qismi faqirlik va johillik girdobida yashamoqda. Avvalo, xatoni o’zimizda qidirishimiz kerak”,-dedi.

“Islom mintaqalari yirik energiya zahiralariga ega bo’lishiga qaramay, 350 mln musulmon ocharchilikka qarshi kurashmoqda. Eng badavlat islom davlati bilan kambag’al o’rtasidagi farq 200 barobarga oshdi. Jahon miqyosida savodxonlik nisbati 82.5 foiz ekan, bu nisbat islom davlatlarida 70 foiz atrofida”,-deya ilova qiladi prezident Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar