Turkiya FETOga a’zo shaxslarga yashash huquqi bergan Gollandiyani qoraladi

Ta’kidlanishicha, Gollandiyadagi  migratsiya va fuqarolik xizmatlari idorasi tomonidan Turkiyadan Gollandiyaga qochib ketgan Fathulloh Gulen harakatiga a’zo shaxslarga mamlakatda yashash huquqi berilgan.

1325954
Turkiya FETOga a’zo shaxslarga yashash huquqi bergan Gollandiyani qoraladi

 

 

Turkiya Fathulloh Gulen harakatiga a’zo shaxslar uchun yashash huquqi berganligi sababli Gollandiyani qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Gollandiyadagi  migratsiya va fuqarolik xizmatlari idorasi tomonidan Turkiyadan Gollandiyaga qochib ketgan Fathulloh Gulen harakatiga a’zo shaxslarga mamlakatda yashash huquqi berilgan.

“Gollandiyadagi  migratsiya va fuqarolik xizmatlari idorasi Fathulloh Gulen harakatiga a’zo shaxslar haqidagi ma’lumotlar Turkiya rasmiylari qo’liga tushgan bo’lishi mumkinligini sabab qilib ko’rsatib, FETO harakatiga a’zo shaxslarning boshpana talablarini inobatga olganligi va yashash huquqi berganligini qoralaymiz”,-deb ma’lum qiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi.

Ta’kidlanishicha, 1951-yilda imzolangan “Qochqinlarning statusiga doir Jeneva bitimi”ga binoan, terror jinoyatlari bo’yicha qidiruvda bo’lgan shaxslar qochqinlar bo’yicha statusdan foydalana olmaydi.

Turkiyada 251 kishining halok bo’lishiga va minglab insonning jarohatlanishiga olib kelgan 15 iyuldagi davlatni to’ntarishga urinishni sodir etgan Fathulloh Gulen harakatiga a’zo shaxslarni Turkiyaga ekstraditsiya qilish talabi o’zgarmaydi.

“Fathulloh Gulen harakati nafaqat Turkiyaga, balki qadam bosgan har bir davlat uchun tahdid ekanligini unutmaslik zarur. Terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik katta ahamiyatga ega ekanligi oshikordir”,-deb aytadi Hami Akso’y.



Aloqador xabarlar