Turkiya Osiyo Parlament Assambleyasiga yetakchilik qiladi

Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilgan Osiyo Parlament Assambleyasining 12-sessiyasi o’z ishini yakunladi.

1324610
Turkiya Osiyo Parlament Assambleyasiga yetakchilik qiladi

 

 

Turkiya yana ikki yil Osiyo Parlament Assambleyasiga yetakchilik qiladi.

Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkazilgan Osiyo Parlament Assambleyasining 12-sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Sessiyada tashkilotga a’zo 42 davlatning parlament rahbarlari, deputatlar va kuzatuvchi vakillar ishtirok etdi.

Sessiyada qabul qilingan qo’shma dekloratsiyada Turkiyaning 2020-2021 yillarda ham tashkilotga yetakchilik qilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.

Turkiya o’tgan ikki yil mobaynida ham Osiyo Parlament Assambleyasiga yetakchilik qilib kelayotgandi.

Osiyo Parlament Assambleyasi tashkilotga aʼzo mamlakatlarda tinchlikka erishish yoʻlida strategiyalar ishlab chiqish va targʻib qilishga intilish, demokratik mezonlarni mustahkamlashdagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratib kelmoqda.



Aloqador xabarlar