Turkiya Marokash fuqarosi bo’lgan shaxsni mamlakatiga ekstraditsiya qildi
Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’lishicha, ushbu shaxs terror guruhlari bilan yaqin aloqada bo’lgan.
1324502
Turkiyada qo’lga tushirilgan terrorchilik faoliyatlariga daxldor xorijlik shaxslarni ekstraditsiya qilish jarayoni davom etmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Marokash davlati fuqarosi bo’lgan shaxs mamlakatiga ekstraditsiya qilindi. Shuningdek, Kosova fuqarosi bo’lgan ikki nafar shaxs ham vatani Kosovaga ekstraditsiya qilindi. Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’lishicha, ushbu shaxslar terror guruhlari bilan yaqin aloqada bo’lgan.
Eslatish joizki, kecha Fransiya fuqarosi ekanligi aniqlangan terrorist Turkiyadan Fransiyaga ekstraditsiya qilingandi.
Aloqador xabarlar
Jevdet Yilmaz O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Vitse - prezident Jevdet Yilmaz ertaga O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.