Ahmad Iso Avad:"Somali davlatining Turkiyadan boshqa yaqin do’sti yo’q"

Somali tashqi ishlar vaziri Ahmad Iso Avad Turkiyaga tashrifi chog’ida Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

1314194
Ahmad Iso Avad:"Somali davlatining Turkiyadan boshqa yaqin do’sti yo’q"

 

Somali tashqi ishlar vaziri Ahmad Iso Avad Turkiyaga tashrifi chog’ida Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

Uning ta’kidlashicha, Somali davlatining Turkiyadan boshqa yaqin do’sti yo’q.

Somali tashqi ishlar vaziri Ahmad Iso Avad Turkiyaga tashrifi doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan uchrashganligini, uchrashuv juda samarali o’tganligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda Turkiya va Somali o’rtasidagi munosabatlarni qanday rivojlantirish bo’yicha fikr almashilganligini bildirdi.

Ahmad Iso Avad Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va turk xalqiga Somaliga gumanitar, ta’lim, xavfsizlik sohalari bo’yicha ko’rsatgan yordamlari uchun minnatdorlik bildirdi va Somali prezidenti Muhammad Abdulloh Farmaju va Somali bosh vaziri Hasan Ali Xayrining salomlarini yetkazdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya Somali xalqining ko’nglida o’ziga xos o’ringa ega.

“Turkiya Somaliga katta yordam ko’rsatdi. Somali uchun Turkiyadan boshqa yaqin do’st yo’q. Somali xalqi buni juda yaxshi biladi. Somalining qalbi hamisha turk xalqi bilan birga”,-deb aytgan Somali tashqi ishlar vaziri.

 


Tanlangan kalimalar: #Ahmad Iso Avad , #Somali , #Turkiya

Aloqador xabarlar