SKTR bayrog'ining  g'urur bilan to’lqinlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, "Shimoliy Kipr Turk Respublikasining  bayrog'ining  g'urur bilan to’lqinlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz." dedi.

1306875
SKTR bayrog'ining  g'urur bilan to’lqinlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, "Shimoliy Kipr Turk Respublikasining  bayrog'ining  g'urur bilan to’lqinlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz." dedi.

Erdog'an, 15-noyabr, Shimoliy Kipr Turk respublikasining 36-yili,

Shimoliy Kipr Turk Respublikasining 36  yilligi munosabati bilan bergan bayonotda, Shimoliy Kipr Turk respublikasi mustaqilligi uchun  jonlarini  fido etgan shahidlarni yod etdi. Respublikaning asoschisi marhum  Rauf Denktosh birinchi o’rinda bo’lib 36 yildir Shimoliy  kipr Turk respublikasining rivojlanishida va bugungacha etib kelishiga hissa  qo’shganlarni ” minnatdorchilik bilan yodga oldi.

Erdog'an, bugungi kunda Kipr Turklarining bemalol yashayotgan yerlari, har qanday bosim va tahdidlarga qaramay, mujohidlar va askarlarning  tomonidan berilgan kurashning bir  samarasidir dedi Erdo’g’an.

“ Kipr turki birodarlarim, katta kurash va fidokorlik bilan tashkil etgan  davlatini demokratiya va iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatlar bilan natijalantirdi. Faqat orolda, doimiy va davom ettirilishi mumkin bir siyosiy yechimga erishish uchun qilgan sa’y- harakatlar, afsuski, Kiprning janubida ijobiy kutib olinmadi” deya qayd etdi.

Kipr Rum tomoni siyosiy tenglik asosida orolni Kipr turk xalqi bilan baham ko'rishga tayyor emasligini ta'kidlagan Erdog'an, siyosiy yechim uchun barcha qulayliklarni ko'rsatgan Kipr turklarining yakkalanishi doimiy ravishda saqlanib qolganligini ta'kidladi.

"Biz hech qachon Kipr turklarining huquqlari, xususan Sharqiy O'rta yer dengizida aniqlangan uglevodorod resurslarini  qo’llaridan tortib olishiga yo'l qo'ymaymiz" dedi Erdog'an.

"Biz tarixiy va shartnoma majburiyatlari doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bayrog'ini dengizda va osmonda g'urur bilan hilpirab turish uchun bor kuchimizni sarflaymiz" dedi u.

 



Aloqador xabarlar