Turkiya dunyoda jabrlangan insonlarga yordam qo'lini uzatmoqda

Prezident huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi Raisi  Fahrettin Altun,  Turkiya dunyoning  har burchagida zarar ko’rgan odamlarga shafqat qo'lini cho'zganini aytdi.

1291904
Turkiya dunyoda jabrlangan insonlarga yordam qo'lini uzatmoqda

Prezident huzuridagi kommunikatsiya boshqarmasi Raisi  Fahrettin Altun,  Turkiya dunyoning  har burchagida zarar ko’rgan odamlarga shafqat qo'lini cho'zganini aytdi.

Istanbul Kongress markazida "Globallashuv inqirozi: Xatarlar va imkoniyatlar" TRT World Forum 2019 ochilishida, so’zlagan nutqida Turkiya respublikasi ma’lum sohalarda global bir aktyor holga kelganini, yuksalgan kuchlar globallashgan dunyo qanday yana odil  bir holga keltirish uchun kurashayotganini ta’kidladi.

Altun,

"Gumanitar va yordamlari bilan  biz Afrikadan Janubiy Amerikagacha, Yaqin Sharqdan Osiyogacha dunyoning har  burchaklaridagi  qiyin ahvoldagi  insonlarga shafqat qo’limizni cho'zmoqdamiz. Ushbu tashabbuslarni  Prezidentimizning rahbariyatida, uning rahnamoligida amalga oshirmoqdamiz va Har  Jihatdan bugungacha tashlangan qadamlar tufayli Prezidentimizga minnatdormiz” deya qayd etdi.

Altun, Turkiya nafaqat o'z xavfsizligi uchun mintaqaning va  butun dunyoning  xavfsizligi uchun global terrorizm va migratsiya masalalari bilan deyarli yolg'iz kurashmoqda deb ta’kidladi.

"Bundan tashqari bu sohada kurashar ekan, terrorning terror ekanini, terror tashkilotimning terror tashkiloti ekanini  tushuntirish majburiyatida qolmoqdamiz. Bu doirada bir tomondan Arakandan Suriyagacha, Falastindan Kashmirgacha  keng bir sohada ma’sum odamlar azob chekar ekan  biz bularni xalqaro  platformalarda kun tartib keltiramiz, ushbu muammolarga global yechimlar  topish uchun sa’y- harakat qilamiz” deya ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar