Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Boris Jonson bilan muloqot qildi

Ma'lumotga ko'ra, suhbat chog'ida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar va dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

1291268
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Boris Jonson bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, suhbat chog'ida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar va dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Prezident Erdo'g'an AQSh va Turkiya Suriya shimolida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishganini, ushbu kelishuvga binoan, 120 soat muhlat ichida terror tashkiloti PKK/YPGning "xavfsiz hudud"dan chekinishi, harbiy qurol va texnikalarni to'plash, portlovchi modda va terror ob'yektlarini yo'q qilish kabi xususlar yaqindan kuzatib borilganligini ma'lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #muloqot , #Boris Johnson , #Turkiya

Aloqador xabarlar