Prezident Erdo’g’an Ozarbayjonga safari oldidan matbuot anjumani o’tkazdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, Suriya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) qo'shinlarining  janubga qarab  chekinishini ijobiy kutib olganlarini aytdi.

1287744
Prezident Erdo’g’an Ozarbayjonga safari oldidan matbuot anjumani o’tkazdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, Suriya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) qo'shinlarining  janubga qarab  chekinishini ijobiy kutib olganlarini aytdi.

Prezident Erdo’g’an Turk Kengashining 7- sammitiga ishtirok etish uchun Ozarbayjonning poytaxti Bokuga jo’nab ketishidan oldin Istanbul Otaturk aeroportida matbuot anjumani o’tkazdi.

Erdog'an, Turk Kengashining 7-sammiti ko'plab   jihatdan tarixda  o’rin oladi deb ta'kidladi.

"Turk dunyosi ichidagi birdamlikning kundan kunga mustahkamlanib borishi va hamkorligimizning mustahkamlanishi biz uchun  iftixordir" dedi.

Erdo’g'an, sammitda Turkiyaning janubi chegarasida tashkil etilishga uringan terrori koridorini yo’q qilish, mintaqaga tinchlik va osoyishtalikni keltirish maqsadi bilan Turk qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning shimolida YPG/ PKK va DEASh terror tashkilotlariga qarshi boshlatilgan va Suriya milliy qo’shini tomonidan himoya ham  qilingan tinchlik operatsiyasi haqida keng ko’lamli ma’lumot berishini qayd etdi.

Erdo’g’an, Tinchlik bulog’i  operatsiyasida Ko’banining holati bilan bog’liq,

" Holi hozir Ko’bani borasida Rossiyaning ijobiy munosabati bilan hech qanday bir  muammo bo'lmaydi. Munbichga kelsak, biz qaror qilganimiz kabi amalga oshirish vaziyatidamiz " dedi.

Erdo’g'an, chet el matbuotining ushbu amaliyot bilan aloqali manipulyatsiyasini ham  baholadi.

"Bu har doim ularning taktikasi. Ular hanuz o'sha taktikani qo'llashmoqda. Ular o’z mahoratlarini ko’rsatadilar, soxtakorliklar qiladi biz esa  haqiqatlarni anglatishga davom etamiz.  Biz o’z yo’limizga davom etamiz deb qayd etdi.

Erdo’g'an Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) qo'shinlarini janubga qarab  olib ketishini   ijobiy deb baholadi.

“Ushbu yondashuv ijobiy, aks holda yaxshilanish bo'lmaydi. Kecha men Germaniya kansleri Angela Merkel va bir kun oldin Buyuk Britaniya Bosh vaziri  Boris Jonson bilan uchrashdim.  Muloqotda , ular ko'pgina  haqiqatni  bilishmaganlarini va ular dezinformatsiya  ta'sirida  ostida bo'lganlarini ko'rdim. Va haqiqatlarni o’zlariga anglatdi dedi.

"Biz biron bir mintaqada kurdlarga qarshi kurashish niyatimiz yo'q", dedi Erdog'an.

"Biz davlatmiz. Bizning oldimizda terror tashkiloti bor. Shuning uchun terror tashkiloti bilan urush bo'lmaydi, kurash bo’ladi " dedi.

Erdog'an ushbu amaliyot haqida salbiy bayonotlar bergan doiralarga murojaat qildi.

“Siz NATO a'zosi bo'lgan ittifoqdoshning yonida turasizmi, yoki  terroristlarni himoya qilasizmi deb so’raganimda  ular javob bera olmaydi.

NATO Bosh kotibi Yens  Stoltenbergning munosabati juda farqli, faqat a’zo o’lkalarning bir qismining munosabati farqli” deya qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar