Turkiya, Firot daryosining sharqidagi terroristlarni nishonga olgan amaliyotlarga tayyor

Prezident Erdo'g’an Adolat va tarqqiyot partiyasining Anqaraning Kiziljahamam tumanida uyushtirilgan yig’ilishida bugun so’zlagan nutqida, Firot daryosining sharqidagi terroristlarni nishonga olgan amaliyotlarga to’xtaldi.

1282327
Turkiya, Firot daryosining sharqidagi terroristlarni nishonga olgan amaliyotlarga tayyor

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Firot daryosining sharqidagi terroristlarga qarshi uyushtiriladigan amaliyotlar ustidan olib borilgan rejalarning tamomlanganligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Adolat va tarqqiyot partiyasining Anqaraning Kiziljahamam tumanida uyushtirilgan navbatdagi yig’ilishida bugun so’zlagan nutqida, Firot daryosining sharqidagi terroristlarni nishonga olgan amaliyotlarga to’xtaldi va bu haqida,

“Tayyorgarligimizni ko’rdik. Amaliyot ustidan olib borilgan rejalarimiz tamomlandi. Kerakli buyruqlarni berdik. Qaror qabul qilingan va jarayoni boshlagan tinchlik buloqlarimizning yo’lini ochish vatqi balki bugun balki ertaga deyoladigan darajada yaqindir. Amaliyot quriqlikdan bo’lganidek havodan ham olib boriladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo'g’an, Turkiyaning Firot daryosining sharqi haqida kerakli tomonni har jihatdan ogohlantirganligini ham eslatib o’tar ekan bu haqida,

Turkiyaning yetarlicha sabr qilganligini, quriqlikdan ham havodan ham patrullik xizmati yo’lga qo’yilganligini lekin buning befoydaligiga guvoh bo’lganliklarini ta’kidlab,

“Maqsadimiz Firot daryosining sharqini ham tinchlik buloqlari bilan sug’orishdir” dedi.

Prezident Erdo'g’an o’z so’zini ittifoqdoshlariga “Siz Suriya demokratik kuchlari degan nom ortiga yashirinayotgan PKK/ YPGni, terror tashkiloti deb tan olasizmi yoki yo’q” degan savol bilan murojaat qilish orqali yakunladi.

 

 



Aloqador xabarlar