Erdo'g’an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga jo’nab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Nyu-Yorkda uyushtiriladigan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga jo’nab ketdi.

1273807
Erdo'g’an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga jo’nab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Nyu-Yorkda uyushtiriladigan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga jo’nab ketdi.

Prezident Erdo'g’an Istanbulda joylashgan “Atatürk” aeroportidagi davlat mehmonxonasida uyushtirilgan matbuot anjumani ortidan, mahalliy vaqt bilan soat 14:15 da “TC-TRK” rusumidagi uchoq orqali Nyu-Yorkka uchib ketdi.

Prezident Erdo'g’anga vitse-prezident Fuat O’ktay, Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu, Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank, Qishloq xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli, Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Koja, Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O’mer Chelik, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o’rinbosari Fatma Betul Sayan Kaya, Istanbul shahar hokimi Ali Yerlikaya, Istanbul Milliy Politsiya idorasi direktori Mustafa Chalishkan, Adolat va taraqqiyot partiyasidan deputat Ahmet Hamdi Chamli, Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbuldagi viloyat rahbari Bayram Shenojak va boshqalar kuzatib qo’ydi.

Prezident Erdo'g’anga AQSh safari chog’ida rafiqasi Emine Erdo’g’an, G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurum, Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun, Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qilmoqda.



Aloqador xabarlar