Diyarbakirda PKK terrorchilari uyushtirgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi va13 kishi yaralandi

Diyarbakirning Kulp  tumanining  qishloq hududida  o'tin terish uchun borgan fuqarolarni olib ketayotgan  vositaga PKK terrorchilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida  4 kishi halok bo'ldi va 13 kishi yaralandi.

1268636

Yaradorlar, Kulp va Diyarbakirdagi turli kasalxonalarda  davolanmoqda.

Xavfsizlik kuchlari hujum sodir etganlarni aniqlash uchun kerakli faoliyatlarga boshladi.

Hujumda halok bo'lgan fuqarolarni   olloh o’ rahmatiga olsin , ularning qarindoshlari va turk xalqiga ta'ziya va sabr tilaymiz deya bildirildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, Diyarbakir gubernatori Hasan Basri Guzelo'g'lu bilan telefon orqali uchrashib,  terror hujumi  haqida ma'lumot oldilar.

Hujumli terrorchilik hujumida halok bo'lgan fuqarolarni , Olloh o’z rahmatiga olsin, yaradorlarga shifo tilagan  Prezident Erdog'an hujumni   uyushtirganlarni   barcha imkoniyatlardan foydalanib qo'lga olish uchun safarbar qilinadi va mavzuni ta’qib etishga  davom etaman deya  bildirdi.

Erdo’g'an shahidlarning yaqinlariga qo'ng'iroq qilib ta'ziyalarini  bildirdi.

Turkiya (parlamenti) raisi  Mustafo Shento’p ham  ijtimoiy tarmoq akkaunti  Tvitterda terroristik hujum  bilan bog'liq  bayonot berdi

Shento’p,  bayonotida tinch aholiga qarshi qilingan qonli hujum hech qachon javobsiz qoldirmasligini aytdi.

Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) lideri Kamol Qilichdaro’g’li  ham o’zining Twitterdagi akkauntida Diyarbakirdagi terror hujumini qoraladi.

Tanlangan kalimalar: #Yarador , #Shajid , #Hujum , #PKK , #Diyarbakir

Aloqador xabarlar