Turkiyada terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turkiyada terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etar ekan shu doirada PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist qurol-yaroqlari bilan birgalikda yo’q qilindi.

1268099
Turkiyada terrorga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning Mush viloyatining Shenyayla mintaqasida viloyat jandarmeriya qo’mondonligi xodimlari tomonidan olib borilgan va havodan qo’llab-qullatlangan amaliyotda, PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist qurol-yaroqlari bilan birgalikda yo’q qilindi.

Amaliyotda terroristlarga oid qo’lda yasalgan portlaguvchi modda va ro’zg’or buyumlari qo’lga kiritildi.

Mamlakatning Hakkari viloyatining Chukurja tumanida olib borilgan amaliyotlarda ham 2 terrorist yo’q qilindi.

Undan tashqari Mardinda yirik shaharlarga qarshi bombali hujum uyushtirish, o’rmonlarga o’t qo’yish uchun yuborilgan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist nazorat ostiga olindi.

PKK/ KJK terror tashkilotining rejalari aniqlanib, unga to’siqlik qilish maqsadida kecha amaliyot uyushtirildi.

Unda PKK/KJK-PYD/YPG terror tashkiloti tomonidan Turkiyada hujum uyushtirishlari uchun maxsus mashqdan o’tkazilgan 2 terrorist qo’lga tushirildi.

Terroristlarning bombali hujumlar orqali yong’in chiqarish maqsadida tayyorgarlik ko’rganliklari aniqlandi.

Qo’lga tushirilgan terroristlar sud organlari qarori bilan qamoqxonaga yuborildi.  

Mamlakatning Van viloyatining Gurpinar tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot natijasida esa 3 ta boshpana topilar ekan u yerdan terroristlarga oid oq-dori va ro’zg’or buyumlari qo’lga kiritildi.  

Amaliyotda boshpana va ashyolar yo’q qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorga qarshi kurash

Aloqador xabarlar