“TurAz burguti-2019” qo’shma harbiy mashg’ulotlar boshlandi

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining qo‘shma operatsiyalar chog‘idagi hamkorligini takomillashtirish hisoblanadi.

1262698
“TurAz burguti-2019” qo’shma harbiy mashg’ulotlar boshlandi

 

Ozarbayjon va Turkiya havo kuchlari hamkorligidagi “TurAz burguti-2019” qo’shma harbiy mashg’ulotlar boshlandi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Ozarbayjon va Turkiya havo kuchlari tomonidan ikki davlat o’rtasidagi yillik harbiy hamkorlik rejasi asosida tashkil etilgan harbiy mashg’ulotlar Turkiyadan F-16 harbiy samolyotlarining Ozarbayjonga yetib kelishi bilan boshlandi”,-deyiladi ma’lumotda.

Harbiy mashg’ulotlarga F-16 harbiy samolyotlaridan tashqari, ikki mamlakatdan Mig-29, Su-25 qirg’in samolyotlari, CASA yuk samolyoti, Mi-35, Mi-17, Skorskiy UH-70, CH-47 Chinook va ATAK/AH-1W harbiy samolyotlaridan iborat taxminan 30 dan ortiq harbiy texnika jalb qilingan.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Turkiya va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining qo‘shma operatsiyalar chog‘idagi hamkorligini takomillashtirish hisoblanadi.

“TurAz burguti-2019” qo’shma harbiy mashg’ulotlari 16 sentyabrga qadar davom etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #TurAz burguti-2019 , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar