Prezident Erdo'g’an, “Xavfsiz hudud masalasida vaqtimiz ham, sabrimiz ham qolmadi”.

Prezident Erdo'g’an Istanbuldagi Milliy Mudofaa universitetining Harbiy akademiya diplomini topshirish marosimidagi nutqida, Suriyadagi xavfsiz hududni nazorat qilish masalasiga to’xtaldi.

1261569
Prezident Erdo'g’an, “Xavfsiz hudud masalasida vaqtimiz ham, sabrimiz ham qolmadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Amerika Qo’shma Shtatlari bergan va’dasini bajarmay, turk harbiylari bir necha haftada Suriyada xavfsiz hududni nazorat qilish ishlarini boshlatmagudek bo’lsa unda rejalarimizni yo’lga qo’yishga majburmiz” dedi.

Prezident Erdo'g’an Istanbuldagi Milliy Mudofaa universitetining Harbiy akademiya diplomini topshirish marosimida nutq so’zladi.

Prezident Erdo'g’an unda, Suriyadagi xavfsiz hududni nazorat qilish masalasiga to’xtalar ekan bu haqida,

“Bundan buyon hech kim yashirin qo’llar tomonidan loyiha sifatida taqdim etilganligi ochiq-oydin bo’lgan DEASh terror tashkiloti bahonasi bilan hech kimni aldashga urinmasin. Mintaqadagi bir guruh kuchlarning manfaaatini ko’zlagan urushdir. Manbij masalasida bizga berilgan va’dalarning bajarilmasligi ortidan, xavfsizlikka bo’lgan ishonchimiz yana-da ortib bormoqda” dedi.

“Harbiylarimiz bir necha haftada Suriyada xavfsiz hududni nazorat qilish ishlarini boshlatmagudek bo’lsa unda rejalarimizni yo’lga qo’yishga majburmiz” dedi.

AQSh bilan xavfsiz hudud masalasini qo’lga olganliklarini lekin bu borada mazkur ikkala mamlakat ko’z qarashining farqli ekanligiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an,

“Biz vayron qilgan YPG/ PKK terror tashkilotining ittifoqdoshimiz (AQSh) ning etagiga yopishib o’z faoliyatini davom ettirishi esa umuman boshqa muammo sifatida kun tartibimizga kirmoqda” dedi.

Firot daryosining sharqida YPG/ PKK terror tashkilotining mintaqa xalqiga bergan azobi bundan buyon yashirib bo’lmaydigan nuqtaga yetganligini ifoda etgan Prezident Erdo'g’an,

“Firotning sharqidagi chegaralarimiz bo’ylab tashkil etiladigan xavfsiz hudud masalasida vaqtimiz ham, sabrimiz ham qolmadi. Shunday ekan askarlarimiz bir necha haftada hududni nazorat qilish ishlarini boshlatmagudek bo’lsa unda rejalarimizni yo’lga qo’yishga majburmiz” dedi.  

 



Aloqador xabarlar