Prezident Erdo'g'an mamlakatda terror tashkilotining yirik qismining yo’q qilinganligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, terroristlar tomonidan Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagi masalasiga to’xtaldi.

1257739
Prezident Erdo'g'an mamlakatda terror tashkilotining yirik qismining yo’q qilinganligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatda terror tashkilotining yirik qismining yo’q qilinganligini qayd etdi.

Jandarmeriya va sohilni himoya qilish akademiyasi stadionida kecha uyushtirilgan, “Jandarmeriya va sohilni himoya qilish akademiyasi yetakchiligi ofitserlar va kichik ofitserlar bitiruv kechasi”da nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an, terroristlar tomonidan Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagi masalasiga to’xtaldi.  

Prezident Erdo'g’an bu haqida,

“Terror yo’lagining g’arb tomonini yo’q qildik. Sharq tomonini ham yo’q qilganimizda terrordan butunlay qutilgan bo’lamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Kecha ertalab Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv o’tkazganliklarini va huddi shu masala ustidan muloqat qilganliklarini eslatib o’tgan Prezident Erdo'g’an, kelasi hafta Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump bilan ham mavzuni qo’lga olish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.

Sharqiy O’rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatga ham to’xtalgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an,

“Biz to’rtta kema orqali faoliyat olib bormoqdamiz. To’rtta kemadan tashqari u yerda Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondonligimizning fregatlari va Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligimiz ham bor. Faoliyatlarimiz davom etmoqda va uni oxirigacha yuritamiz. Shimoliy Kipr turklari bilan o’zimizning haq-huquqini himoya qilish uchun va’da berdik va bergan va’damizni albatta bajaramiz” dedi.   

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Iroqdan Turkiyaga, Sharqiy O’rta yer dengizidan Shimoliy Afrikagai Atlantikadan Yevropagacha bo’lgan manfaatlarini himoya qilishga atalgan kurashini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar