Chavusho’g’li Livanda Sharqiy O’rta yer dengizidagi masalaga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Sharqiy O’rta yer dengizida Kipr turklari va Turkiya ishtirok etmagan hech qaysi shartnomaning qabul qilinmasligini qayd etdi.

1257536
Chavusho’g’li Livanda Sharqiy O’rta yer dengizidagi masalaga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Sharqiy O’rta yer dengizida Kipr turklari va Turkiya ishtirok etmagan hech qaysi shartnomaning qabul qilinmasligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, Livanga bo’lgan tashrifi chog’ida poytaxt Bayrutta livanlik kasbdoshi Jebran Bassil bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Sharqiy O’rta yer dengizidagi masalaga to’xtaldi.

Unda, Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizida burg’ulash kemalari orqali ish olib borayotganligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, ham Turkiyaning kontenantal shelfi ham Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ruxsat bergan chegarada Kipr turklarining haq va huquqini himoya qilish uchun faoliyatlar olib borganliklariga e’tibor qaratdi.  

Chavusho’g’li Sharqiy O’rta yer dengizida ShKTR va Kipr turklarining haq va huquqlarini oxirigacha himoya qilajaklarini ta’kidlagan holda,  

“Kipr turklari va Turkiya ishtirok etmagan hech qaysi shartnoma qabul qilinmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Suriyaliklarning Suriyaga qaytish jarayoniga ham to’xtalgan Chavusho’g’li, ularning qaytish haqidagi tashvishlariga e’tibor qaratdi.

Chavusho’g’li, Suriyaga qaytganlarning eng asosiy ehtiyojlarining qondirilishi masalasida xalqaro hamjamiyatning yana-da uquvli bo’lishi kerakligini belgilab o’tgan holda,

“Suriyaliklar o’z yurtiga qaytar chog’ida nimalar qilinishi kerakligi ustidan Liviya, Iordaniya va Iroq bilan birgalikda mushtarak forum uyushtirishimiz mumkin. Unga xalqaro hamjamiyatni ham taklif qilishimiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  



Aloqador xabarlar