Turkiyada terrorizmga qarshi kurash doirasida 7 terrorist yo'q qilindi

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash doirasida mamlakatning Mardin va Shirnak viloyatida maxsus amaliyot uyushtirildi.

1256482
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash doirasida 7 terrorist yo'q qilindi

Turkiyaning Mardin va Shirnak viloyatida xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo’q qilindi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra ichki xavfsizlik tadbiri doirasida Mardinning Savur tumaniga qarashli qishloqlarda viloyat jandarmeriya qo’mondonligi va milliy politsiya idorasi tomonidan amaliyot uyushtirilgan.

Mazkur amaliyotda 5 terrorist yo’q qilingan.

Undan tashqari Shirnak viloyatining Silopi tumanida davom etgan amaliyotda ham PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo’q qilingan.

Mintaqada amaliyotlar davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar