AQSh harbiy delegatsiyasi Shanliurfada quriladigan koordinatsion markaz bo'yicha ish olib bormoqda

“AQSh bilan hamkorlikda Qo‘shma operatsiyalar va Suriya shimolida rejalashtirilayotgan xavfsizlik hududi bo‘yicha Shanliurfada koordinatsion markaz tashkil etish ishlari boshlandi",-deyiladi bayonotda.

1252754
AQSh harbiy delegatsiyasi Shanliurfada quriladigan koordinatsion markaz bo'yicha ish olib bormoqda

 

Turkiyaga kelgan AQSh harbiy delegatsiyasi Ankarada harbiy bosh shtab boshqarmasini ziyorat qilgach, Shanliurfa viloyatiga jo’nab ketadi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“AQSh bilan hamkorlikda Qo‘shma operatsiyalar va Suriya shimolida rejalashtirilayotgan xavfsizlik hududi bo‘yicha Shanliurfada koordinatsion markaz tashkil etish ishlari boshlandi. Dastlabki tayyorgarlik doirasida Shanliurfaga olti kishidan iborat AQSh delegatsiyasi tashrif buyurdi. Markaz yaqin kunlarda ish boshlashi rejalashtirilgan”,-deyiladi bayonotda.

“Bugun AQSh Yevropa kuchlari qo’mondoni o’rinbosari general-polkovnik Stefan Tvitty boshchiligidagi AQSh harbiy delegatsiyasi Ankarada harbiy bosh shtab boshqarmasini ziyorat qilgach, koordinatsion markaz tashkil etish ishlarini ko’zdan kechirish maqsadida Shanliurfa viloyatiga jo’nab ketadi”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

 



Aloqador xabarlar