Terroristlarga qarshi kurash ham Turkiyada, ham chet elda uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning terroristlarga qarshi kurash Turkiyada, ham chet elda uzluksiz davom etmoqda.

1251948
Terroristlarga qarshi kurash ham Turkiyada, ham chet elda uzluksiz davom etmoqda

Iroqning shimolida joylashgan Metina tumanidagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumida, PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo’q qilindi.  

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda “Panja” deb nomlangan harbiy amaliyot bilan muvofiqlashtirilgan tarzda Iroqning shimolida joylashgan Metina tumanidagi terroristlarga qarshi havo amaliyoti uyushtirilganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek, havo amaliyoti chog’ida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terroristning yo’q qilinganligi qayd etildi.

Undan tashqari Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Turkiyaning Erzinjan viloyatiga qarashli Kemah tumanida, viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan uyushtirilgan amaliyotda, 3 terrorist yo’q qilingan.

Mintaqada amaliyot davom etmoqda.



Aloqador xabarlar