Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi operatsiyada 1 nafar jangari yo’q qilindi

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Diyarbakirning Chinor tumanida operatsiya o’tkazildi.

1245428
Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi operatsiyada 1 nafar jangari yo’q qilindi

 

Turkiya sharqida joylashgan Diyarbakir viloyati Chinor tumaniga qarashli tog’li hududlarda terror tashkiloti PKKga a’zo 1 nafar jangari yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Diyarbakirning Chinor tumanida operatsiya o’tkazildi. Operatsiyada 1 nafar jangari yo’q qilindi.

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash nafaqat mamlakat bo’ylab, balki chegara ortida ham qizg’in davom etmoqda.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, “Panja” harbiy amaliyoti doirasida Iroq shimolida joylashgan Zap va Metina hududlaridagi terror ob’yektlariga zarba berildi.

Aviazarbalarda terror tashkiloti PKKga oid boshpanalar, qurol-aslaha va o’q-dori omborlari yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar