TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda ham, chet elda ham uzluksiz davom etmoqda.

1243359
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolidagi Hakurk mintaqasida davom etgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot doirasida yo’q qilingan terroristlar soni ortdi.

Twitter orqali Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Hakurkda muvaffaqiyatli ravishda davom etgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot doirasida yo’q qilingan terroristlar soni 72 nafarga yetgan.

“Panja” amaliyoti bilan muvofiqlashtirilgan ravishda Iroqning shimolidagi Metina mintaqasida uyushtirilgan havo hujumida yana 4 terrorist yo’q qilindi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko’ra esa 17-iyuldan 19-iyulgacha Qandil (16), va Karajak (18) dagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari natijasida 34 terrorist yo’q qilingan.

“Panja” harbiy amaliyoti boshlagan 27-maydan beri Iroqning shimolida olib borilgan barcha amaliyotda yo’q qilinga terroristlar soni 255 nafarga yetdi.

Qariyb 20 ta uchoq ishtirok etgan amaliyotlarda raketalardan tashqari Uchuvchisiz havo vositasi, Qurolli uchuvchisiz havo vositasi, Havodan erta ogohlantirish va nazorat qilish uchog’i bilan zapravkachi uchoqlardan foydalanildi.

Amaliyotda terroristlar tomonidan foydalanilgan qurol-yaroq omborxonalari ham yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa, Turkiyaning Bitlis viloyati chetida uyushtirlgan va havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyotda, 3 nafar qurolli terrorist yo’q qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, mintaqada amaliyot davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Panja , #Iroqning shimoli , #Hakurk , #Metina

Aloqador xabarlar