Erdo'g’an, “Hech qanday sanksiya tahdidi Turkiyani adolat talabidan voz kechtira olmaydi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an hech qanday sanksiya tahdidi Turkiyani adolat talabidan voz kechtira olmasligini qayd etdi.

1241635
Erdo'g’an, “Hech qanday sanksiya tahdidi Turkiyani adolat talabidan voz kechtira olmaydi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an hech qanday sanksiya tahdidi Turkiyani adolat talabidan voz kechtira olmasligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Lozanna tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishining 96-yilligi munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida, bu yilning ayni vaqtda Istiqlol kurashining boshlang’ichining ham 100-yilligi ekanligini eslatib o’tdi.

Dunyoning eng kuchli armiyalariga qarshi berilgan Milliy kurashning, Turkiyaning mustaqillik nishonasi hisoblangan Lozanna kelishuvi bilan mukofatlantirilganligini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“Turkiya Respublikasi bir asr ilgari bo’lganidek bugungi kunda ham mustaqilligi, fuqarolarining tinchligi va xavfsizligi uchun har qanday tahdidni bartaraf qila oladigan kuch va qarorlilikka egadir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizi va Suriyada olib borgan faoliyatlari Turk xalqi va kiprlik turklarning haq va huquqini himoya qilish niyatini ochq-oydin o’rtaga qo’yganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Yashirin yoki ochiq-oydin, hech qanday sanksiya tahdidi Turkiyani adolat talabidan voz kechtira olmaydi” dedi.

 



Aloqador xabarlar