Hulusi Akar AQShning Suriya bo‘yicha vakili Jyeyms Jyeffrini qabul qildi

Uchrashuvda Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o‘zaro manfaatli masalalarni, jumladan Turkiya xavfsizligi muammolarini hal qilish, DEAShga qarshi kurash kabi xususlar muhokama qilindi.

1240534
Hulusi Akar AQShning Suriya bo‘yicha vakili Jyeyms Jyeffrini qabul qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQShning Suriya bo‘yicha vakili Jyeyms Jyeffri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Qabul chog’ida Suriya atrofidagi vaziyat muhokama qilindi. Shu bilan birga, Firot daryosi sharqida xavfsizlik hududini yaratish, Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o‘zaro manfaatli masalalarni, jumladan Turkiya xavfsizligi muammolarini hal qilish, DEAShga qarshi kurash kabi xususlar muhokama qilindi.

Hulusi Akar suhbat chog’ida amerikalik ba’zi harbiy vakillarning PKK/YPG terror tashkiloti yetakchilari bilan Suriyada muloqot qilganligidan Turkiyaning bezovta ekanligini tilga oldi.

“Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar tomonidan Firot daryosi sharqida Turkiya va AQSh bilan hamkorlikda bufer hududini yaratish, PKK/YPG terror tashkiloti unsurlarini xavfsizlik hududidan chiqarish, qolaversa mintaqadagi portlovchilarni yo’q qilish, og’ir qurollarni yig’ishtirib olish, o’z yurtidan mahrum bo’lgan suriyaliklarni vataniga qaytarish va ularga shart-sharoit yaratib berish, Turkiya kurd, arab va boshqa etnik guruhlarga qarshi kurash olib bormayotganligi, balki DEASh, PKK va YPG terror tashkilotlariga qarshi kurashayotganligi qayd etildi”,-deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

Uchrashuvda ikki davlatning harbiy mulozimlari tomonidan xavfsizlik hududini yaratish bilan bog’liq mushtarak manfaatli faoliyatlarni ertadan boshlab Turkiya milliy mudofaa vazirligida davom ettirishga kelishib olinganligi ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Jyeyms Jyeffri , #Hulusi Akar , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar