Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy Turkiyaga tashrif buyurdi

“Afg’oniston tashqi ishlar vaziri qardoshim Salohiddin Rabboniy bilan Afg’onistonda tinchlik o’rnatish jarayoni va mintaqadagi o’zgarishlarni muhokama qildik”,-deb yozdi Mavlud Chavushog’li tvitterdagi sahifasida.

1237638
Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy Ankaraga rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Shu munosabat bilan Ankaradagi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy qarorgohida Mavlud Chavushog’li bilan Salohiddin Rabboniy o’rtasida uchashuv bo’lib o’tdi.

Mavlud Chavushog’li bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Afg’oniston tashqi ishlar vaziri qardoshim Salohiddin Rabboniy bilan Afg’onistonda tinchlik o’rnatish jarayoni va mintaqadagi o’zgarishlarni muhokama qildik”,-deb yozdi Mavlud Chavushog’li tvitterdagi sahifasida.

 



Aloqador xabarlar