TQKning terror tashkilotiga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terror tashkilotiga qarshi kurashi davom etmoqda.

1233124
TQKning terror tashkilotiga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroqning shimolida terror tashkilotiga qarshi davom etayotgan amaliyot chog’ida yana 15 terrorist yo’q qilindi.  

Shu yilning 27-mayi kuni PKK terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan va “Panja” deb nomlangan harbiy amaliyot davom etmoqda.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra mazkur amaliyot doirasida Iroqning Haftanin mintaqasida havo amaliyoti uyushtirilgan.

Natijada PKK terror tashkiloti tomonidan qurol-yaroq omborxonasi va boshpana sifatida foydalanilgan obyektlar yo’q qilinar ekan shu bilan birga 15 terrorist yo’q qilingan.

Ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida esa Turkiyaning Diyarbakir viloyatining Lije tumani qishlog’ida 2 terrorist qurol-yaroqlari bilan birgalikda yo’q qilindi.

Hududda amaliyotlar davom etmoqda.



Aloqador xabarlar