Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyaning Kyoto shahriga tashrif buyurdi

Erdo’g’an Kyoto shahrida “Hazinalar va Usmoniy imperiyasi davrida lola an’anasi” nomli ko’rgazmani tomosha qildi.

1227364
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyaning Kyoto shahriga tashrif buyurdi
erdogan.jpg
Altes Prenses Akiko.jpg

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Katta yigirmatalik” sammiti o’tkazilgan Osaka shahrida rasmiy uchrashuvlarni yakunlab, Kyoto shahriga tashrif buyurdi.

Erdo’g’an Kyoto shahrida “Hazinalar va Usmoniy imperiyasi davrida lola an’anasi” nomli ko’rgazmani tomosha qildi.

Erdo’g’an ko’rgazma tashkil etilgan muzey oldida Malika Akiko tomonidan kutib olindi. Shuningdek, muzey oldida xurmat-ehtirom bilan kutib turgan yaponlar bilan salomlashdi.

So’ngra, prezident Erdo’g’an turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an va Malika Akiko bilan ko’rgazmani tomosha qildi, u yerdagi asarlar haqida ma’lumot oldi.

Prezident Erdo’g’anga Kyodoga tashrifi chog’ida tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, savdo vaziri Ruhsor Pekjan, prezidentlik aloqa-kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qildi.

Erdo’g’an muzey ziyoratlari yakunlangach, Kyodo milliy zamonaviy san’at muzeyi binosida Malika Akiko bilan uchrashuv amalga oshirdi.

Mazkur uchrashuvda prezidentning turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an va Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak ham ishtirok etdi.

Uchrashuv matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Yaponiya ziyorati davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar