Prezident Erdo'g’an, “Terror har bir insonning, inson qadriyatining dushmanidir”.

Erdo'g’an G-20 liderlar sammiti haqida uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so’zladi. Unda Jamol Kashikchi jinoyati, Misrning sobiq Prezidenti Mursining vafoti, muhojirlar masalasi, BMT ning tuzilishi, S-400 va AQShning bu haqida bayonotiga to'xtaldi.

1227253
Prezident Erdo'g’an, “Terror har bir insonning, inson qadriyatining dushmanidir”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning mustaqillik huquqiga aralashishiga hech kimning haqqi yo’qligini, buni hammaning bilishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident Erdo'g’an G-20 liderlar sammiti haqida Yaponiyaning INTEX Osaka yarmarka markazida uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so’zladi.

Jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatidan mas’ul bo’lganlarning bunga javob berishi kerakligiga e’tibor qaratgan Prezident Erdo'g’an, “Kashikchi jinoyatidan mas’lu hammaning bunga javob berishi, xalqaro hamjamiyatning ustivor vazifasidir. Javobga tortilishi kerak bo’lgan yer Istanbuldir. Chunki jinoyatga Istanbulda qo’l urildi. Istanbulda javobga tortilishlari kerak” dedi.

Erdo'g’an, “Inson huquqlari masalasida dunyoning boshqa davlatlarini baholayotgan G’arb davlatlari afsuski, eng asosiy odamgarchilik imtihonidan o’tolmadi” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an muhojirlar masalasida esa, “Turkiyaning yordam va xizmatlarini davom ettira olishi uchun xalqaro hamjamiyatning muammoni hal qilishda yordam berishi kerakligini yetkazdik” deya gapirdi.

Terrorizmga qarshi kurash masalasiga to’xtalgan Erdo’g’an, “Terror har bir insonning, inson qadriyatining dushmanidir. Shuning uchun ham dunyoning barcha davlati terrorni, terror dey olish saxovatini ko’rsatishi kerak” dedi.

Prezident Erdo'g’an, Fetullahchi terror tashkilotiga a’zo to’ntarishchilarning “siyosiy muhojir” degan nom ostida himoya qilinishi va qo’llab-quvvatlanishining jazosi og’ir bo’lishini bildirdi.

Erdo’g’an, “Gap Turkiya haqida ketar ekan to’ntarishchilar yuzasidan o’lim jazosini qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri deb topganlar afsuski Misrdagi o’lim jazolarini ko’rmaslikka olmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

Misrning demokratik yo’llar orqali saylangan birinchi Prezidenti Mursining o’limiga ham to’xtalgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Kashikchi jinoyatining ham, Prezident Mursining ham hiylalar natijasida yuz bergan vafotining kun tartibidan chetlatilishiga ruxsat berilmasligi kerak” dedi.

Prezident Erdo'g’an Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi haqida esa, “Birinchi Jahon urushi shartlari ostida tashkil topgan bunday tuzilishning umrbot davom etishi to’g’ri emas” dedi.

Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarining xarid qilinishi masalasida esa Erdo’g’an, “S-400 topshirilish jarayonidadir va bunday jarayondagi shartnomadan voz kechishimiz Turkiyadek davlatga yarashmaydi. Shunday ekan bu ish tamom. Iyul oyining birinchi yarmida topshirish ishlari boshlaydi deb tegishli tashkilotlarimiz bayonot berdi” dedi.

Sanksiya masalasida esa, “AQSh Davlat rahbari Donald Trump bugun bu masalaga aniqlik kiritdi. Bunday ishga yo’l qo’yilmasligi haqida ham shaxsan o’z og'zidan eshitkan bo’ldik” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar