Prezident Erdo'g'an, S-400 masalasida hech qanday oqsoqliklar yo’qligini qayd etdi

Prezident Erdo'g’an G-20 liderlar sammiti o’tkazilayotgan Yaponiyaning INTEX Osaka yarmarka markazidagi uchrashuvlari doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv o’tkazdi.

1227143
Prezident Erdo'g'an, S-400 masalasida hech qanday oqsoqliklar yo’qligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, S-400 masalasida hech qanday oqsoqliklar yo’qligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an G-20 liderlar sammiti o’tkazilayotgan Yaponiyaning INTEX Osaka yarmarka markazidagi uchrashuvlari doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv o’tkazdi.

Mazkur uchrashuv oldidan qisqacha bayonot bergan Erdo'g’an unda, ikkala mamlakat o’rtasidagi aloqalarning jiddiy ravishda rivojlanib borayotganligini ifoda etdi.

Prezident Erdo'g’an bu haqida,

“Biz S-400 larning yetkazib berilishi jarayonini kuzatib boramiz. Kelishib olganimizdek yo’l xaritasining bundan keyingi jarayonini ham albatta. Buni Dushanbeda ham qo’lga olgandik. Raketaning birgalikda ishlab chiqarilish masalasi bosh bo’lish bilan birga texnologiya transferini ham o’z ichiga olgan holda ilgarilashi biz uchun muhimdir. Tushinishim bo’yicha, yetkazib berish jarayonida hech qanday oqsoqliklar yo’q” deya gapirdi.

Qo'shma iqtisodiy komissiya yig'ilishining kelasi davrda Turkiyada o’tkazilishini eslatib o’tgan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an,

“Turizm tarmog’ida haqiqatdan ham Rossiya, ayniqsa rus fuqarolarining Turkiyaga bo’lgan muhabbati kun o’tkan sayin yana-da ortib bormoqda. Bu ham bo’lsa albatta xalqimiz uchun ham turizm tarmog’idagi yetakchilarimiz uchun ham kuch manbaasi hisoblanadi” dedi.

Prezident Erdo'g’an shuningdek,

“Eng muhimi shundaki Akkuyu atom elektr stansiyasining birinchi bo’limining 2023-yili ishga tushirilishi biz uchun muhimdir. Undan tashqari yadroviy bo’lmagan uskunalarning Turkiya bozoridan olinishi masalasiga ham alohida e’tibor bermoqdamiz.

Sakkizinchi oliy darajali konsultativ kengash yig’ilishidagi kelishuvning natijasida rasmiy pasportlar ustidan, texnik faoliyatlarning boshlatilganligi haqida ma’lumot oldim. Buning eng qisqa vaqt ichida natijaga yetkazilishini kutib qolamiz. Shu bilan birga vizasiz rejimning yo’lga qo’yilishi masalasida hali hanuz ko’zlagan nuqtaga erishganimiz yo’q. Buni tezlashtirish bizni xursand qiladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar