"Panja" amaliyoti chog'ida tan jarohati olgan askarlar, shahid bo'ldi

TQK tomonidan Iroqning shimolidagi Hakurk mintaqasida boshlatilgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot chog’ida tan jarohati olgan 2 nafar askar shahid bo’ldi.

1210824
"Panja" amaliyoti chog'ida tan jarohati olgan askarlar, shahid bo'ldi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolidagi Hakurk mintaqasida boshlatilgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot chog’ida tan jarohati olgan 2 nafar askar shahid bo’ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Hakurkda 27-may kuni boshlatilgan va “Panja” deb nomlangan amaliyot chog’ida, PKK terror tashkiloti tomonidan, mintaqaga oldindan joylashtirib qo’yilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida 2 askar tan jarohat olgan. Tan jarohati olgan askarlar, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’lgan.

Bayonotda, amaliyot doirasida yo’q qilingan terroristlar sonining esa 19 nafarga yetganligi ham qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar