Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren Myunxenda...

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) rahbari Abdulloh Eren kecha Germaniyaning Myunxen shahrida turk nodavlat tashkilotlarining vakillari bilan uchrashdi.

1208305
Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren Myunxenda...

 

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) rahbari Abdulloh Eren kecha Germaniyaning Myunxen shahrida Xalqaro demokratlar ittifoqi tomonidan tashkil qilingan iftor ziyofatida ishtirok etdi.

Iftor ziyofatiga Myunxendagi Turkiya bosh konsuli Mehmet Gunay va boshqa 250 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi.

Abdulloh Eren ziyofatdan so’ng turk nodavlat tashkilotlarining vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi tomonidan Turkiyada taxminan 170 davlatdan kelib tahsil olayotgan minglab talaba stipendiya bilan ta’minlanganligi qayd etildi.

Abdulloh Erenning ta’kidlashicha, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi 2010 yili Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning bosh vazirligi davrida tashkil topdi. Bu boshqarma xorijda yashovchi turklar bilan rasmiy ravishda yaqindan shug’ullanadi.

“Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi sifatida asosan uch yo’nalishda faoliyat ko’rsatamiz. Bulardan eng muhimi xorijda yashovchi fuqarolarimiz va ularning muammolari bilan shug’ullanish. Yevropadagi turklar bir qator qiyinchiliklarga qaramay, hayotda kurashini davom ettirmoqda. Yevropadagi turklarning hayotda mustaqil bo’lishi, o’z yo’lini topishi va ona vataniga siyosiy va ommaviy jihatdan hissa qo’shadigan darajada kuchlanishi uchun biz nima qilishimiz zarur? Bizning boshqarmamiz xuddi shu vazifani amalga oshirishga harakat qilmoqda. Tashkilotimiz faoliyatlarini bundan ham keng targ’ib etish va tanitishga g’ayrat qilyabmiz”,-deb aytgan Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB) rahbari Abdulloh Eren.

Shu bilan birga, “Xorijdagi turk fuqarolarining muammolarini hal qilish uchun nafaqat tashkilotimiz qoshida, balki vazirliklar darajasida ham faoliyat olib boryabmiz. Qolaversa, bu yo’lda deputatlarimiz bilan ham hamkorlik qilyabmiz”,-dedi.

Shuningdek, talabalar faoliyatiga to’xtalgan Abdulloh Eren stipendiya bilan Turkiyada tahsil olayotgan serbiyalik yoshlar Yevropada yashagan turklarga ko’mak berishi yo’lga qo’yilganligini tilga oldi.

Ta’kidlanishicha, bu yil Serbiya chegaralarida turk politsiya formasini kiygan xodimlar xizmat qiladi.

Uch oylik ta’tilda Turkiyaga sayohat qiladigan yevropalik turklar uchun Serbiya chegarasida uch nafardan turk politsiyachi va turk-serb tillarini bilgan talabalar faoliyat ko’rsatadi.

 



Aloqador xabarlar