Chavusho'g'li, Meksikada yashagan turklar bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho’g’lining Meksikaning Respublika Senati raisi Marti Batres va Meksika Tashqi ishlar vaziri Marcelo Ebrard bilan uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.

1204246
Chavusho'g'li, Meksikada yashagan turklar bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Meksikadagi elchixonasi tomonidan uyushtirilgan ziyofatda, Meksikada yashagan turklar bilan uchrashdi.

Kubaga bo’lgan tashrifi ortidan Janubiy Amerikada Meksikadagi dasturini boshlagan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Turkiyaning Meksikadagi elchisi Timur So’ylemezning mezbonligida uyushtirilgan ziyofatda ishtirok etdi.

Mevlut Chavusho’g’lining, dasturi doirasida markazi Meskikada bo’lgan axborot-analitik tashkiloti hamkorligida uyushtirilgan konferentsiyada so’zga chiqishi, panel ortidan Meksikaning Respublika Senati raisi Marti Batres va Meksika Tashqi ishlar vaziri Marcelo Ebrard bilan uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar