Hulusi Akar Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu bilan muloqot qildi

Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, muloqot chog’ida Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat muhokama qilindi.

1204613
Hulusi Akar Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu bilan muloqot qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu bilan muloqot qildi.

Muloqot chog’ida Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat muhokama qilindi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda 2018 yil 17 sentyabrda Sochida imzolangan kelishuv asosida Idlibdagi o’zgarishlar va hududda keskinlikni kamaytirish uchun olinadigan chora-tadbirlar, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi”,-deyiladi bayonotda.

Ta’kidlash joizki, hozirda Beshar Asad rejimiga oid qo’shin bilan Eron tomonidan qo’llab quvvatlangan jangari guruhlar Idlibda keskinlikdan holi zonadagi tinch aholiga hujumni kuchaytirgan.

Ikki yetakchining muloqoti ushbu qaltis davrda amalga oshirilganligi katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Hulusi Akar , #Sergey Shoygu , #Suriya

Aloqador xabarlar