Turkiyaning Mardin viloyatida ikki jangari yo’q qilindi

Ma’lumotga ko’ra, Mardin viloyati Nusaybin tumaniga qarashli tog’liq hududda terror tashkiloti PKKga oid boshpanalarga zarba berildi.

1197401
Turkiyaning Mardin viloyatida ikki jangari yo’q qilindi

 

Turkiyaning Mardin viloyati Nusaybin tumaniga qarashli tog’liq hududda terror tashkiloti PKKga a’zo ikki jangari yo’q qilindi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Nusaybin tumaniga qarashli tog’liq hududda terror tashkiloti PKKga oid boshpanalar aniqlandi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilgan operatsiyada terror ob'yektlariga zarba berildi va ikki jangari yo’q qilindi. Operatsiyalarda harbiy vertolyotlar ham ishtirok etdi.

Hududda terror tashkilotiga qarshi operatsiya davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mardin , #operatsiya

Aloqador xabarlar