James Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurmoqda

“James Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Turkiya hukumati vakillari bilan poytaxt Ankarada Suriya masalasini muhokama qiladi",-deyiladi bayonotda.

1192358
James Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

AQShning Suriya masalasi bo’yicha maslahatchisi James Jeffrey bilan AQShning Suriyadagi maxsus elchisi Joel Rayburn bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

AQSh davlat kotibligi bu haqda yozma bayonot berdi.

“James Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Turkiya hukumati vakillari bilan poytaxt Ankarada Suriya masalasini muhokama qiladi. AQSh qo’shini bo’linmalari Suriyada o’z safini kamaytirar ekan, Turkiyaning Suriya shimolidagi xavotirlari ko’zdan kechiriladi”,-deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, uchrashuv va muzokaralarda Suriya shimolida barqarorlik o’tnatish va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish masalasi hamda ikki davlatning o’zaro manfaatlari muhokama qilinadi.

James Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Turkiyaga tashrifini yakunlab, Shveysariyaning Jeneva shahriga jo’nab ketadi.

U yerda Misr, Fransiya, Germaniya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Buyuk Britaniyaning favqulodda va muhtor elchilari hamda bir qator suriyalik guruhlar bilan uchrashuv o’tkaziladi.

“Delegatsiyalar Suriyadagi so’ngi vaziyatni muhokama qiladi. Xususan, Suriya shimoli g’arbidagi notinchlikning avj olishi va mamlakat miqyosida insonparvarlik yordamlariga bo’lgan ehtiyoj hamda BMT xavfsizlik kengashining 2254-sonli qaroriga muvofiq Jenevadagi siyosiy jarayonga jalb etish xususidagi BMT tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni talab qiladi”,-deya ilova qilinadi AQSh davlat kotibligi bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #James Jeffrey , #Turkiya

Aloqador xabarlar