Vladimir Zelenskiy saylovdagi g'alabasi ortidan Turkiyaga keldi

Ukrainadagi prezidentlik saylovida g’alabani qo’lga kiritgan Vladimir Zelenskiy charchog’ini Turkiyada yozmoqchi.

1190615
Vladimir Zelenskiy saylovdagi g'alabasi ortidan Turkiyaga keldi

Ukrainadagi prezidentlik saylovida g’alabani qo’lga kiritgan Vladimir Zelenskiy Bodrumning Guverjinlik mahallasida, besh yulduzli mehmonxonaga joylashib, ta’tilini boshladi.

Zelenskiy joylashgan mehmonxona oldida tibbiy guruh bilan tansoqchilarga tegishli mashinaning turgani kuzatildi.

Ukrainaning yangi Prezidenti Vladimir Zelenskiy saylovdagi g’alabasi ortidan dam olish uchun Turkiyaning Mug’la viloyatiga qarashli Bodrum tumaniga keldi.

Zelenskiy, ijtimoiy tarmoq orqali bu haqida,

“Shaffof bo’lish masalasida kelishib oldik. Huddi shunday. Turkiyaga uchib ketyapmiz. Bolalarni yillik ko’ngilochar festivalga olib ketyapman” degandi.

Oxirgi to’rt oydan beri birinchi marotaba dam olish kunlarida dam olishini belgilab o’tgan Zelenskiy, Ukrainaga ikki kundan keyin qaytisihini ham ma’lum qilgan.

Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovozlarning 73.22 foizini olar ekan raqibi va amaldagi Davlat rahbari Petro Poroshenko esa ovozlarning 24.45 foizini olgan edi.



Aloqador xabarlar