Istanbulda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sammiti o'z ishini boshladi

Mazkur sammitga Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 20ga yaqin davlat, jumladan Eron, Liviya, Indoneziya, Pokiston, Afg’oniston, Sudan, Qatar va Somali kabi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda.

1168689
Istanbulda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sammiti o'z ishini boshladi

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi favqulodda ijro komiteti sammiti o’z ishini boshladi.

Mazkur sammitga Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 20ga yaqin davlat, jumladan Eron, Liviya, Indoneziya, Pokiston, Afg’oniston, Sudan, Qatar va Somali kabi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ba’zi davlatlardan qator maslahatchilar va tashkilotga a’zo davlatlarning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchilari ham qatnashmoqda.

Ushbu sammit kuni kecha Yangi Zelandiyada ikki masjidda sodir etilgan terrorchilik harakati va musulmonlarga nisbatan nafrat tushunchasiga qarshi kurash mavzusiga bag’ishlangan.

Sammitda ma’ruza qilgan mezbon Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li hech bir din va e’tiqod terrorizmni tan olmasligini, islomning o’zagida tinchlik mavjudligini ta’kidlab o’tdi.

“Tobora avj olib borayotgan irqchi terrorizmning oyoq izlarini kuzatganimizda islomga qarshi dushmanlik, boshqa millatdan bo’lganlarga dusmanlik, migrantlarga nisbatan yov qarash va bularning keng tarqalishiga zamin yaratayotgan siyosatchilar va hatto medianing mas’ul ekanligini guvohi bo’lib turibmiz”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri o’z ma’ruzasida.

Hech bir din shiddat va terrorizm bilan ta’riflanmasligini tilga olgan Chavushog’li: “Tinchlik bizning islom dinimizning o’zagi va negizidir”,-dedi.

“Musulmonlar duch kelayotgan muammolar va bunlarni hal qilish xususida ko’p tomonlama xalqaro platforumlarda doimiy ravishda bir yoqadan bosh chiqarishimiz juda muhim. Bunday hujumlar Islom hamkorlik tashkiloti qoshida tashkil etiladigan bir mehanizm tomonidan kuzatilishi, qaydga olinishi va bularning g’arb dunyosi va jamoatchiligi negizida qat’iy kun tartibga keltirilishi zarur”,-dedi u.

Sammitda Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Useymin ham ma’ruza qildi.

“Barcha yetakchilarga shuni aytmoqchimanki, terrorizmning dini, tili, millati yo’q. Terrorizm har vaqt terrorizm bo’lib kelgan. Biz tilimizni tiymasak, musulmonlarga qarshi nafrat ifodalarini oldini olmasak, bunday hujumlar davom etaveradi”,-dedi Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi.

Uning so’zlariga ko’ra, o’tgan hafta Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakati aslida bu jarayonning muhim bosqichi bo’lishi mumkin. Musulmonlarga nisbatan sodir etilgan bu hujum terrorizmning eng ayanchli turidir.

 

 



Aloqador xabarlar