Yangi Zelandiyadagi terrorchilik hujumi shaxsiy emas, balki butunlay tashkilotli bir voqea.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g'an, Yangi Zelandiyada sodir bo'lgan terrorchilik hujumi shaxsiy  emas, balki butunlay tashkilotli  bir voqea ekanligini bildirdi.

1166195
Yangi Zelandiyadagi terrorchilik hujumi shaxsiy emas, balki butunlay tashkilotli bir voqea.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g'an, Yangi Zelandiyada sodir bo'lgan terrorchilik hujumi shaxsiy  emas, balki butunlay tashkilotli  bir voqea ekanligini bildirdi.

Prezident Erdog'an, ba'zi televizor kanallarining  mushtarak  jonli efirlarida  bayonotlar berdi.

Erdog'an Yangi Zelandiyada Juma namozida uyushtirilgan va 50 nafarning hayotiga zomin bo’lgan terror  hujumi shaxsiy emas butunlay tashkilotli ekanini qayd etib G’arb olami bu voqeaga qarshi  jim- jit qolishiga norozilik ko’rsatdi.

Erdog'an,

"Butun dunyo Yevropada Charlie Hebdo (2015 yil Fransiyadagi) hodisa uchun  yig’ildilar"  faqat bu voqeada Yevropa reaksiya ko’rsatmadi? Yevropadan  hanuz ham bir narsa eshitgan emasman. G’arb mediasi masalani ayyorlik bilan olib bormoqda.” deb qayd etdi.

Ushbu hujum uchun jazo haqida ma'lumot bergan Erdog'an,

"Ular 15 yil kabi bir narsa haqida gapirishmoqda. Shunday qilib, u yerda 50 musulmon shahid bo'ldi. Jazosi  maksimal 15 yilga teng bo’ladi. Bunday  bir narsa  mumkinmi? Buni qabul qilish mumkinmi? deb qayd etdi.

Prezident o'z bayonotida, Suriya Afrin hududini Turk qurolli kuchlari tomonidan  terrordan tozalanishining yilligi munosabati bilan mintaqada erishilgan yutuqlarni qayd etgan Prezident muhim bir xavfga diqqat qaratdi.

Erdo’g’an biz terror koridorini yopmagan bo’lsa edik Afridan va Jerablusdan yorish harakatini amalga oshirmagan bo’lsa edik bugun bizning janubimiz butunlay bu terroristlar tomonidan  ishg’ol qilingan bo’lardi .” dedi.

Yevropa ittifoqi muzokaralari  bilan aloqali Yevropalik rasmiylardan kelgan oxirgi bayonotlarni muhokama qilgan Prezident,

“ Biz bilan muzokaralarni to’xtatib qo’ysa yoki Turkiyani  Yevropa ittifoqining chetiga sursalar. Buni qila olmaslar, chunki Turkiyaga bularning ehtiyoji bordir .” deb qayd etdi.  

Erdo’g’an, iqtisodiyotni qattiq ushlab  va  yaxshi tomonga o'zgarishlar davom  etganini  bildirdi.



 

 

 



Aloqador xabarlar