Turkiya va Rossiya qurolli kuchlari Suriya shimolida qo‘riqlash ishlarini olib boradi

"Bugundan e’tiboran Idlibda qo‘riqlash ishlari boshlanadi. Rossiya Idlib chegaralari bo‘ylab, Turkiya esa terroristlardan qurollar tortib olingan hududlarda qo‘riqlash ishlarini olib boradi", - dedi Hulusi Akar.

1159731
Turkiya va Rossiya qurolli kuchlari Suriya shimolida qo‘riqlash ishlarini olib boradi

Turkiya va Rossiya qurolli kuchlari Suriya shimolidagi Idlib viloyatida hamkorlikda qo‘riqlash ishlarini olib boradi.

 Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"14 fevralda Sochi sammitida olingan qarorga binoan, bugundan e’tiboran Idlibda qo‘riqlash ishlari boshlanadi. Rossiya Idlib chegaralari bo‘ylab, Turkiya esa terroristlardan qurollar tortib olingan hududlarda qo‘riqlash ishlarini olib boradi", - dedi Hulusi Akar.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Ankaraning hamkorlikdagi faoliyati Suriya shimoli-g‘arbida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab turish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.

Rejim harbiylari tinch aholiga qarshi shafqatsizlarcha hujum qilganligini ta’kidlagan Hulusi Akar, buni to’xtatish uchun Rossiya bilan to’xtovsiz aloqada ekanligini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya gumanitar vaziyatni yaxshilash, sulh bitimini ta’minlash, barqarorlikni ta’minlash jihatidan Rossiya orqali Suriya rejimiga kerakli ogohlantiruvlarni berishga harakat qilmoqda.

“Biz faqat Rossiya bilan, zarur holatlarda Eron bilan muzokara qilyabmiz”,-dedi Hulusi Akar.

“Turkiya qurolli kuchlari sifatida chegara hududlarimizda PKK, YPG terroristlarining borligini mamlakatimiz va xalqimiz uchun tahlika deb bilamiz. Bunga yo’l qo’ymasligimizni takror-takror aytdik”,-dedi u.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiyadan olinadigan S-400 tizimlari oktyabrdan e’tiboran o’rnatila boshlashini bildirdi.

“Bizning S-400 tizimini xarid qilishimiz bir majburiyatdir. 82 mln xalqimizni qo’riqlash va ularni qo’llab-quvvatlashga majburmiz”,-dedi Turkiya milliy mudofaa vaziri.

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Rossiya, Turkiya va Eron Suriyaning Idlib viloyatida radikal ekstremist guruhlarga qarshi qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Suriya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar