Rossiya va Turkiya harbiy-dengiz kuchlari Qora dengizda harbiy mashg'ulot o'tkazdi

Mashg’ulotlarda Novorossiysk dengiz harbiy bazasidagi ikki harbiy kema ekipaji, “Vasiliy Bikov” patrul kemasi, “Valentin Pikul” mina qidiruv kemasi va turk “Burgaz” kemasi ishtirok etgan.

1159643
Rossiya va Turkiya harbiy-dengiz kuchlari Qora dengizda harbiy mashg'ulot o'tkazdi

Rossiya Qora dengiz floti kemalari Turkiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari bilan hamkorlikda mashg’ulot o‘tkazdi.

Bu haqda Rossiya Qora dengiz flotining axborot ta'minoti bo‘limi boshlig‘i, kapitan Aleksey Rulev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlar davomida kemalar otryadi ehtimoliy mina xavfi hududidan o‘tgan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Turkiya kemalari ekipaji Qora dengizi suvlarida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ish olib borgan.

Rulevning qayd etishicha, mashg’ulotlarda xususan, Novorossiysk dengiz harbiy bazasidagi ikki harbiy kema ekipaji, “Vasiliy Bikov” patrul kemasi, “Valentin Pikul” mina qidiruv kemasi va turk “Burgaz” kemasi ham ishtirok etgan.

Turkiya harbiy-dengiz kuchlariga oid kemalar 6-8 mart kunlari Turkiya harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengiz, O’rta yer dengizi va Egey dengizida hamkorlikda o’tkazgan “Moviy vatan-2019” tadbiqoti doirasida Novorossiysk portiga joylashgan edi.

 



Aloqador xabarlar