Turkiya, Rossiya va Eron liderlari ertaga Sochida Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oladi

Ostona jarayonining kafil mamlakatlari Turkiya, Rossiya va Eron liderlari ertaga Suriya bo’yicha Sochida o’tkazilayotgan sammit doirasida uchrashadi.

1144716
Turkiya, Rossiya va Eron liderlari ertaga Sochida Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oladi

Rossiyaning Sochi shahrida ertaga Suriya masalasi bo’yicha o’tkaziladigan sammitda Idlibda ortgan shiddat, Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriyadan chiqish jarayoni va konstitutsiyani qalamga oladigan qo’mitaning tashkil etilishi masalasi qo’lga olinadi.

Ostona jarayonining kafil mamlakatlari Turkiya, Rossiya va Eron liderlari ertaga Suriya bo’yicha Sochida o’tkazilayotgan sammit doirasida uchrashadi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin mazkur sammit doirasida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan alohida-alohida uchrashuv o’tkazadi.

Sammitda uchta kafil mamlakat liderining Suriyaning hududiy yaxlitligi va terrorizmga qarshi mushtarak kurash va Ostona formatida tashkil topgan hamkorlikni davom ettirishini bildirishi kutilmoqda.

Liderlar oxirgi marotaba 2018-yilning 7-sentabri kuni Tehronda uchrashuv o’tkazgan bo’lib unda Idlibdagi taranglikni kamaytirish masalasiga yana-da ko’proq e’tibor bergandi. Tehron sammitida Prezident Erdo'g’anning, Bashar al-Asad rejimining ortgan hujumlariga qarshi qariyb 4 million tinch aholining himoya qilinishi maqsadida, “Idlibda o’q uzishni to’xtatish”ga chaqirishi muhim o’rin egallagandi.   

Buning ustiga Erdo'g’an rossiyalik kasbdoshi Putin bilan 2018-yilning 17-sentabri kuni Sochida uchrashuv o’tkazib, Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish masalasini yana-da mustahkamlash uchun, muhim bir kelishuvga qo’l qo’ygandi.

Sochi kelishuvi doirasida harbiy muxolafat belgilangan hududdan og’ir qurollarini olib chiqib ketar ekan mintaqada nisbatan tinchlik o’rnatilgan. Shu bois ham o’z uy-joyidan mahrum qo’lgan tinch aholi o’z o’rniga qaytishni ham boshlatgan. Lekin ko’p o’tmay rejim va Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan terrorist guruhlar hujumlarini takror boshlatgani ma’lum.    

Ertangi sammitda Idlibda, ayniqsa rejim kuchlari qatorida Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan chet ellik terrorist guruhlarning ortgan shiddatlarining qo’lga olinishi kutilmoqda.

Nomi tilga olingan guruhlar kecha kun davomida Iblibga 100 dan ortiq hujum uyushtirdi.

Rossiya Turkiyaga, shiddatning sababchisi sifatida ko’rsatilgan Hay’at Tahrir Shom kabi ba’zi unsurlarga qarshi birgalikda amaliyot uyushtirishni taklif qilmoqda.

Lekin Turkiya, mintaqada insoniy inqirozga yo’l ochadigan bunday amaliyotga ijobiy ko’z qarashda emas.



Aloqador xabarlar