O'mer Chelik, Sadiya Arabistonining yetarli hamkorlik olib bormaganini izohladi

AKP voizi O'mer Chelik, Jamol Qoshiqchi jinoyati bilan aloqali Sadiya Arabistonining yetarli hamkorlik olib bormaganini izohladi.

1143410
O'mer Chelik, Sadiya Arabistonining yetarli hamkorlik olib bormaganini izohladi

 

Adolat va Rivojlanish Partiyasi (AKP) voizi O'mer Chelik, Jamol Qoshiqchi jinoyati bilan aloqali Sadiya Arabistonining yetarli hamkorlik olib bormaganini izohladi.

O'mer Chelik, partiyasining umumiy markazida kuni kecha o'tkazilgan Markaziy Boshqaruv Kengashi yig'ilishi haqida ma'lumot berdi.

Chelik, 2018-yil 2-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligida vaxshilarcha o'ldirilgan Saudiyalik jurnalist Qoshiqchi jinoyatiga to'xtalib, Turkiyaning mavzuga bog'li jarayonda shaffof bo'lganini va Saudiya Arabistoni vakillari bian hamkorlik qilash chaqiruviga hamon bir javob berilmaganini izohladi.

Bayonotda Veneseuladagi o'zgarishlarga ham to'xtalib o'tgan Chelik, "Biz, Venesuela xalqini dastaklaymiz. Venesuela konstitutsiyasida, xalqning irodagiga hurmat ko'rsatiladi" dedi.

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trumning Suriyada xavfsiz hudud vujudga keltirish taklifiga to'xtlaib o'tgan Chelik,  "Turkiyaning xavfsizlik qayg'ularini bartaraf etadigan, kechiktiradigan yohud almashtiradigan vaziyat istamaymiz" dedi.

Chelik, Turk Qurlli Kuchlarining (TQK) Turkiyaning xavfsizligi uchun har turli faoliyatga tayyor bo'lganiga diqqat qaratib, "Bu hududlarni terroristlar makoni bo'lmasligi. Bunlarning  NATO ittifoqdoshi bo'lgan Turkiya va NATO ittifoqdoshlari uchun xavfsiz muhitga aylantirishdir" deb ifoda etdi.

Mulohazalarda Isroil tomonidan El Halildagi tinchlik kuchining vazifasi to'xtatilganini eslatgan Chelik, bu qarorning hududda taranglikni orttirishiga diqqat qaratdi.

Chelik, bu qarorning, kamchiliklarning ustini yopishni istgana Isroilning yangi bir tashabbusi bo'lganini ifoda etdi.

Xitoyning "Sharqiy Turkiston" siyosatiga ham to'xtalib o'tgan Chelik, Xitoy tomonidan 2017-yili "Barcha dinlar va etiqodlarning Xitoychalashtirish" siyosati olib borilganini izohladi. Chelik, bu siyosatning asimilatsiya tomonlari bo'lganini ifoda  etib, sharqiy Turkistonning muhim fikr arboblari, san'atchi va olimlarining yo'qolganiga diqqat qaratdi.

Yo'qolgan kishilarning oilalariga xabar berilmaganiga diqqat qaratgan Chelik, "Bunlarni oydinlatish kerak. Bu mavzusda shaffof bo'linsa qizg'inikni kamaytiradi, hodisani tushunish imkoni beradi. Xitoyning tuproq yaxlitligi va xavfsizligigni hurmat qilgan bir davlatmiz. Xitoyning Butunligiga ahamiyat beramiz. Bu masalaga shu nuqtai nazardan qarar ekanmiz, albatta Uyg'ur Turklarining mahkum etish, 1 milliondan oshiq Uyg'ur Turkini lagerlarda to'plab va qamab qo'yishga haqqi bo'lmaganini aytmoqchimiz" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar