Yashar Guler Bryusselda amerikalik kasbdoshi Joseph Dunford bilan uchrashdi

Yashar Guler Bryusseldagi NATO qarorgohida amerikalik kasbdoshi Joseph Dunford bilan uchrashdi

1127147
Yashar Guler Bryusselda amerikalik kasbdoshi Joseph Dunford bilan uchrashdi

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Joseph Dunford bilan uchrashdi.

Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida bo’lib o’tgan Guler-Dunford uchrashuvi qariyb 1 soat davom etdi.

Uchrashuv matbuotga yopiq ravishda o’tkazildi.

Oq uy voizi Sarah Sanders, haftaning dushanba kuni bergan bayonotida, Guler va Dunfordning uchrashuv o’tkazib, Suriyadagi hamkorlikni qo’lga olmoqchi ekanliklari haqida gapirgan edi.  

Ular oxirgi marotaba 8-yanvar kuni Dunfordning Turkiyaga bo’lgan tashrifi doirasida poytaxt Anqarada uchrashgan edi.



Aloqador xabarlar