Ismoil Demir:“S-400 bizning barcha ehtiyojlarimizni qondirmaydi"

Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit-raketa tizimlari haqida ma’lumot bergan Turkiya mudofaa sanoati vaziri Ismoil Demir: “Bizning S-400ni xarid qilishimiz ehtiyojlarimizni butunlay qondiradi degani emas”,-dedi.

1121618
Ismoil Demir:“S-400 bizning barcha ehtiyojlarimizni qondirmaydi"

Turkiya mudofaa sanoati vaziri Ismoil Demir Amerikadan bir guruh delegatsiya havo mudofaa tizimlari bo’yicha muzokara o’tkazish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

U o’tgan kunlarda Turkiyaga tashrif buyurgan amerikalik mutahassislarning qiymati qariyb 3 yarim mlrd dollar bo’lgan havo mudofaa tizimi Patriotlar bo’yicha taklif kiritganligini va bu taklif hozirda ko’zdan kechirilayotganligini ma’lum qildi.

Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 zenit-raketa tizimlari haqida ma’lumot bergan Ismoil Demir: “Bizning S-400ni xarid qilishimiz ehtiyojlarimizni butunlay qondiradi degani emas”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyaning o’z ehtiyojlarini ta’minlashi uchun barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishi tabiiy hol.

“S-400 bizning barcha ehtiyojlarimizni qondirmaganligi uchun biz qo’shimcha mudofaa tizimiga bo’lgan ehtiyojlarimiz asosida boshqa takliflarni ham ko’zdan kechiryabmiz”,-deydi Turkiya mudofaa sanoati vaziri Ismoil Demir.

Turkiya uchun S-400 komplekslarini yetkazib berish 2019 yilning iyul oyiga ko‘chirildi, dastlab bu ishni 2020 yil mart oyida amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

Bu qaror Rossiya va Turkiya prezidentlarining muzokaralaridan so‘ng qabul qilingan edi.

AQShdan xarid qilinadigan F-35 harbiy samolyotlar ham joriy yilning kuzida Turkiyaga topshiriladi.

 

 



Aloqador xabarlar