Hulusiy Akar: “YPG/ PYD terror tashkiloti aslo kurdlarning vakili bo’lolmaydi”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Suriyadagi oxirgi vaziyat va terrorizmga qarshi kurash masalasini baholadi.

1120944
Hulusiy Akar: “YPG/ PYD terror tashkiloti aslo kurdlarning vakili bo’lolmaydi”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Turkiya tomonidan olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurashning kurd, arab va turkmanlar bosh bo’lish bilan birga barcha etnik va diniy jamoalar uchun xavf tashkil etgan PKK/ YPG va DEASh terror tashkilotiga qarshi ekanligini qayd etdi.  

Hulusiy Akar “Anadolu” axborot agentligiga bergan bayonotida Suriyadagi oxirgi vaziyat va terrorizmga qarshi kurash masalasini baholadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi John Boltonning qayd etishicha, amerikalik askarlarining Suriyadan chiqib ketishi ba’zi shartlarga bog’liqdir. Unga ko’ra eng avvalo DEAShning butunlay yo’q qilinishi va Turkiyaning kurd jangarilarining (YPG/ PKK terror tashkilotini nazarda tutilmoqda) xavfsizligini kafolatga olishi darkor.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham kecha shu haqida bergan bayonotida, “Turkiyaning kurdlarni nishonga olganligi haqidagi iddiolar noto’g’ridir. Turkiyaning maqsadi DEASh va PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotini yo’q qilishdir” degan ifodalarga o’rin bergan edi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar esa terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etganligini belgilab o’tdi.

“Turk Qurolli kuchlarining kurashi yuz yillardan buyon bitta hududni, bir burda nonni teng  bo’lishib yegan kurd birodarlarimizga qarshi emasdir” degan Hulusiy Akar,

“Bizning kurashimiz mintaqadagi kurd, arab va turkman qardoshlarimiz bosh bo’lish bilan birga barcha etnik va diniy jamoalar uchun xavf tashkil etgan PKK/ YPG va DEASh terror tashkilotiga qarshidir” deya gapirdi.   

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining aslo kurdlarning vakili bo’lolmasligini ta’kidlagan Akar,

“Mazkur terror tashkiloti mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka xavf tug’dirish bilan birga kurdlar bosh bo’lish bilan birga suriyalik muhojirlarning o’z tuproqlariga qaytishiga ham to’siqlik qilmoqda” dedi.



Aloqador xabarlar