Urush tufayli Turkiyada yashab kelayotgan suriyaliklar asta-sekin vataniga qayta boshladi

Ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, o’tgan yili Turkiyadan jami 294 ming 480 nafar suriyalik mamlakatiga qaytdi.

1119971
Urush tufayli Turkiyada yashab kelayotgan suriyaliklar asta-sekin vataniga qayta boshladi

2011 yili Suriyada boshlangan urush tufayli Turkiyaga qochib o’tgan suriyaliklar asta-sekin vataniga qayta boshladi.

O’tgan yili Turkiyadan jami 294 ming 480 nafar suriyalik mamlakatiga qaytdi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi saytida 2018 yilgi faoliyatlar haqida ma’lumot berildi.

Bunga ko’ra, o’tgan yili xorijlik 853 ming 274 kishiga Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma berildi.

Shuningdek, 268 ming noqonuniy mehnat muhojiri qo’lga tushirildi. Bulardan 56 mingga yaqini deport qilindi.

Migrant kontrabandasi bilan shug’ullanganligi aniqlangan 6278 kishi qamoqqa olindi.

Shu bilan birga, o’tgan 2018 yil mobaynida Turkiya orqali dengiz yo’li bilan boshqa mamlakatlarga o’tmoqchi bo’lgan xorijlik 90 nafar muhojir halok bo’ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #urush

Aloqador xabarlar