Pokiston Fathulloh Gulen harakatini terror tashkiloti deb e’lon qildi

Pokiston oliy sudi mamlakatdagi Fathulloh Gulen harakatiga tegishli maktablarni Turkiya Maorif fondiga o'tkazish haqida hukm chiqardi.

1115311
Pokiston Fathulloh Gulen harakatini terror tashkiloti deb e’lon qildi

Pokiston oliy sudi Fathulloh Gulen harakatini (FETO) mamlakatda "terror tashkiloti" deb e’lon qilish to’g’risida ichki ishlar vazirligiga buyruq berdi.

Oliy sud mamlakatdagi Gulen harakatiga tegishli maktablarni Turkiya Maorif fondiga topshirish haqida hukm chiqardi.

2016 yilning 17 iyun kuni tashkil topgan Turkiya Maorif fondi xalqaro ta’limda dunyo bilan Turkiya o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydi.

Ushbu fond xorijda Turkiya Respublikasi nomidan to’g’ridan ta’lim muassasalarini tashkil qilish va uni boshqarish huquqiga ega bo’lgan yagona tashkilot hisoblanadi.

Manfaat kutmasdan jamoatchilik uchun xizmat qilgan Turkiya Maorif fondi har bir davlatda maktabgacha ta’lim-tarbiyadan tortib, oliy ta’limgacha bo’lgan jarayonning har bosqichida faol xizmat ko’rsatish maqsadida tashkil qilingan.

 



Aloqador xabarlar