O'mer Chelik, "“Isroilning Adliya vaziri Prezidentimizni tanqid qilolmaydi” dedi.

O’mer Chelik,Isroil Adliya vazirining Prezident Erdo'g’an haqidagi bayonotiga javob berdi.

1114291
O'mer Chelik, "“Isroilning Adliya vaziri Prezidentimizni tanqid qilolmaydi” dedi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O’mer Chelik,

“Isroilning Adliya vaziri Prezidentimizni tanqid qilolmaydi” dedi.

O’mer Chelik partiya markazida matbuot anjumani uyushtirib, kun tartibini baholadi.

Chelik, Isroilning Adliya vaziri Ayelet Shakedning Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriyadan chiqib ketishi haqidagi qarorini baholar ekan Turkiya va Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni nishonga olgan bayonotlarga o’rin berishi masalasi haqidagi savolga qarshi,

“Isroilning Adliya vaziri falastinlik onalarni oldirishga undagan shaxsdir. Shunday ekan uning PYD/ YPG/ SGD liniyasini muqaddas deb topishi tabiiy holdir” dedi.   

O’mer Chelik o’z sozini:

“Prezidentimizni yahudiylarga qarshi deydi. Aksincha prezidentimiz dunyoda antisemitizmga qarshi ekanligini eng ko’p ifoda etgan liderlardan biridir. Bu masalada islom dunyosidagi liderlardan alohida o’ringa ega desak mubolag’a bo’lmaydi. Islomofobiyaga qanchalik qarshi bo’lsa antisemitizmga ham o’shanchalik qarshidir. Shunday ekan Prezidentimiz haqida bunday fikrga borishlik o’rinsizdir. Lekin afsuski bu ifoda Isroil Adliya vaziriga o’xshash kishilar tomonidan tez-tez tilga olinayotganligining guvohi bo’lyapmiz” deya davom etdi.

O’mer Chelik Turkiyaning kurdlarga do’st ekanligini ham ta’kidlagan holda,

“Turkiya Respublikasining bu yerdagi qonuniy pozitsiyasi kurdlarga emas, terroristlarga qarshidir. Lekin Isroil Adliya vaziridek kishilarning terror tashkilotiga bo’lgan yo’ndoshliklarini kurd yondoshligidek taqdim etishi Yaqin Sharqdagi kurd do’stlarimiz oldida tuhmatga qo’ymoqda. Bu vaziyat xalqlar munosabatini buzish strategiyasidir.

Isroilning Adliya vaziri Prezidentimizni tanqid qilolmaydi. Falastinlik onalarning o’ldirilishiga undagan kishining qaysidir xalqni maqtashi, u xalq uchun tuhmat va aziyatdir” dedi.

O’mer Chelik, Isroil Adliya vaziri Shakedni nazarda tutgan holda,

“Kuchi yetmagan ishlarga aralashmasin. Xohlaganini gapirgan kishi, eshitishni xohlamagan gaplarni eshitishga majbur bo’ladi. Buni unutmasin” dedi.











 

 



Aloqador xabarlar